» » Rossiyada 2021-yildan boshlab har oyda koronavirusga qarshi millionlab doza vaksina ishlab chiqariladi

Rossiyada 2021-yildan boshlab har oyda koronavirusga qarshi millionlab doza vaksina ishlab chiqariladi


2021-yilning boshiga borib Rossiya farmatsevtika sanoati har oy koronavirusga qarshi vaksinalarni bir necha million dozada ishlab chiqaradi. Bu haqda mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturovga tayanib, “RBK” xabar berdi.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020-yilda ishga tushiriladigan shartnomalar hisobiga har oy bir necha yuz ming vaksina dozasi bilan ta’minlay olamiz, keyingi yil boshiga borib esa, ishlab chiqarish hajmi oyiga bir necha millionga yetadi. Ushbu rejalar amalga oshishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, — deydi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Gamaley nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqotlar markazi tomonidan yaratilgan vaksinani sanoat darajasida ishlab chiqarish sentabr oyida boshlanadi. Hozirda markaz Vladimir, Yaroslav va Moskva viloyatidagi uchta kompaniya bilan dori vositasini seriyali ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, Manturovning ta’kidlashicha, 2020-yilda Rossiyada sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatiladi. Apparatlarni 12-15 ming dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Avvalroq Gamaley markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus vaksinasining klinik sinovlari yakunlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qozog‘istonda COVID-19’ga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Tahlilchilar koronavirusga qarshi vaksina uchun “birinchi navbatda” turganlarni ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют