» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: Kasallikning o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatishi og‘ir kechishi va o‘pkaning jarohatlanishiga bog‘liq

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi: Kasallikning o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatishi og‘ir kechishi va o‘pkaning jarohatlanishiga bog‘liq


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva COVID-19 infeksiyasi o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi savolga aniqlik kiritib o‘tdi.

“Albatta, o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatishi, bu kasallikning qanchalik og‘ir kechishi va o‘pkaning jarohatlanishiga bog‘liq. Chunki hozirgi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, butun dunyo va respublikamiz olimlari, kasallikni o‘rganish jarayonida o‘pkada koronavirus orqali paydo bo‘lgan pnevmoniyada ko‘proq alveolalar quruq yo‘tal bilan fibrozga aylanib, uning hajmi kichrayishini aniqlab, ta’kidlab kelmoqdalar. Fibrozni MSKT (multispiral kompyuter tomografiya) da ko‘rish mumkin. U orqali o‘pkaning necha foizga zararlangani, o‘pkaning kichrayganini bildiradi”, — deydi Ubaydullayeva.

Shu bilan birga, mutaxassis inson organizmi tiklanuvchan xususiyatga ega ekanligi, o‘pka alveolalari birlamchi to‘g‘ri davo olib borishda ma’lum bir foizga jarohatlangan bo‘lsa, doimiy yengil jismoniy faollik va shifokorlarning tavsiyasi asosida nafas mashqlarini bajarish bilan jarohatlangan sohalarni tiklash, o‘pka hajmini kengaytirishga yordam berishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabining yana bir a’zosi Barno Odilova venaga tomchilatib qilingan ukollar (kapelnitsalar) qilish muolajalari natijasida nafaqat o‘pkada zotiljam, balki suyuqlikning birdaniga ko‘p miqdorda yuborilishi oqibatida o‘pka shishishi holatlari ham ko‘p kuzatilayotganini qayd etgan. Antibiotik va virusga qarshi preparatlarni bilib-bilmasdan qabul qilish orqali organizmga befoyda ta’sirini qo‘zg‘ash, asoratlariga uchrab qolish xavfini yuzaga keltirishi yana bir bor ta’kidlagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют