» » Farg‘onada buyum bozorlari, xususiy bog‘chalar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar o‘z faoliyatini boshladi

Farg‘onada buyum bozorlari, xususiy bog‘chalar, go‘zallik salonlari va sartaroshxonalar o‘z faoliyatini boshladi


Farg‘ona viloyatida xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, buyum va chorva mollari, qurilish mahsulotlari bozori, sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” muxbirining yozishicha, koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabining yig‘ilish bayonida ushbu tartib bugun, 3-avgustdan joriy etilishi belgilangan.

Qayd etilishicha, viloyatda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda karantin talablari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bozorlar, savdo majmualari, go‘zallik salonalari, sartaroshxonalar va xususiy bog‘chalar belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishi talab etiladi.

Ta’kidlanishicha, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish, binolarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion to‘shaklar hamda dezinfeksion tunnellar bilan jihozlash kabilar belgilab qo‘yildi. Bozorlar va qurilish savdo majmualarida ham ana shu kabi talablarga qat’iy rioya qilinishi ko‘rsatilgan.

Sartaroshxona va go‘zallik salonlarida xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat, tibbiy niqob, yuzni to‘liq to‘sadigan himoya maskasi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda “Bitta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs – bitta mijoz” tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 29—30-iyul kunlari Farg‘ona viloyatida koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiya qarori bilan viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda joylashgan buyum bozorlarining faoliyat yuritishiga ikki kunga ruxsat berilgan edi.

Mavzuga doir: Kitob tumanida buyum bozori va oshxonalar faoliyatiga ruxsat berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют