» » Apple Watch Series 6 qondagi kislorod miqdorini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi

Apple Watch Series 6 qondagi kislorod miqdorini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi


iPhone 12 haqidagi doimiy xabarlar sabab yangilangan Apple Watch haqida batafsil ma’lumotlar deyarli tarqalmadi. Biroq DigiTimes ushbu “tinchlik”ni buzib, Apple kompaniyasi ASE Technology bilan Watch Series 6’ni ishlab chiqarish borasida bitim imzolaganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Series 6 modeli qondagi kislorod miqdorini o‘lchaydigan datchikka ega bo‘ladi. Avvalroq mazkur funksiya watchOS 7 beta versiyasida aniqlangan edi.

Operatsion tizimdagi kodlardan qondagi kislorod miqdorini Apple Watch’ning qaysi versiyasida ishga tushirilishini anglash qiyin bo‘lgan. Uzoq yillar davomida yurak urishini o‘lchaydigan optik datchik mazkur ko‘rsatkichni ham kuzata olishi borasida bahslar ketgan.

Apple’ning o‘zi esa watchOS 7 taqdimotida qondagi kislorodning to‘yinganligini kuzatuvchi funksiyaga umuman e’tibor qaratmagan. Aftidan, kompaniya avvaliga ushbu funksiyani qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmani chiqarishni rejalashtirgan ko‘rinadi. DigiTime taxminicha, “aqlli” soatlarning navbatdagi avlodiga aynan shu turdagi maxsus sensor o‘rnatiladi.

Umuman olganda, bu kabi mish-mishlar kuzgacha — Apple’ning yangi gadjetlari taqdimotiga qadar davom etadi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda kompaniyaning an’anaviy tarzda sentabr oyida o‘tkazib kelinayotgan tadqimoti bir necha haftaga surilgan.

Avvalroq Apple’ning “aqlli” soatlari avtomobil eshigini ochish va uni o‘t oldirishni o‘rganib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Apple dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют