» » O‘zbekistonda pandemiya sharoitida dafn marosimini o‘tkazish qoidalari ma’lum qilindi

O‘zbekistonda pandemiya sharoitida dafn marosimini o‘tkazish qoidalari ma’lum qilindi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a’zosi Mirzamaqsud Alimov pandemiya sharoitida dafn marosimini o‘tkazish tartibini ma’lum qildi.

“Ommaviy dafn marosimlari – virus tarqalishi uchun qulay fursatdir. Dafn marosimlarida ko‘pchilik yig‘ilmasligi lozim. Dafnga kelganlar ijtimoiy masofa – 1,5 metr oraliqni saqlashlari, tibbiy niqob va qo‘lqop taqishlari, antiseptik vositalar bilan qo‘llarini tozalab turishlari kerak. O‘zaro ko‘rishishni vaqtincha tark etish muhim.

Mayyit tibbiy xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda yuvilishi lozim. Ya’ni g‘assol niqob va qo‘lqopda bo‘lishi kerak. G‘uslda ishlatilgan barcha narsalar yoqib yuborilishi, chelak va boshqa asboblar xlor kabi vositalar bilan dezinfeksiya qilinishi hamda 5-6 soatga quyosh ostida quritilishi kerak.

Agar mayyit tibbiy xodimlar tomonidan maxsus matolar bilan o‘rab qo‘yilgan bo‘lsa, ularni tibbiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochish mumkin emas. Bunda mayyitni qayta g‘usl qilish shart bo‘lmaydi.

Janoza namozi uzog‘i bilan 5-7 daqiqa davom etishi lozim. Janozada sog‘ligi zaif, keksalar va yosh bolalar ishtirok etmasliklari kerak. Qatnashuvchilar ijtimoiy masofani saqlashlari muhim. Tibbiyot xodimlari mayyitni qabristonga olib kelishgan bo‘lsa, janoza o‘sha joyda ado etilishi kerak.

Dafn marosimi odatdagidek amalga oshiriladi. Unda ham iloji boricha kam odam ishtirok etishi lozim. Dafndan so‘ng qabristondan tezda uyga qaytib, poklanish choralarini ko‘rish lozim. Ma’rakalarni faqatgina oila davrasida o‘tkazish tavsiya etiladi”, – deydi Mirzamaqsud Alimov.

Avvalroq O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlarining jasadini marhumning o‘z uyiga berib yuborish tartibi joriy qilinishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra jasad ikki soat saqlanganidan so‘ng uni uyiga berib yuborishga ruxsat berish taklifi kiritilgan edi. Bunga JSSTning bemor vafot etganidan keyin ikki soat o‘tgach, virus murdada o‘z kuchini yo‘qotishi haqidagi tavsiyasi asos qilib olingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют