» » Kiyevda bank bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)

Kiyevda bank bo‘limini portlatish bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi (video)


Ukraina poytaxti Kiyev shahrida bank bo‘limini egallab olib, uni portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ukraina ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Anton Gerashenkoning ma’lum qilishicha, terrorchilik harakati bilan tahdid solayotgan erkak 1988-yil 25-mart kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Karimov Suhrob Rahmonovich hisoblanadi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga ko‘ra, bu erkakda psixik muammolar mavjud.

“Hozircha uning maqsadi qanchalik jiddiy ekanligini, unda haqiqatan ham portlovchi uskuna bor yoki yo‘qligini bilmaymiz. Shuning uchun hozir muzokaralar strategiyasi tanlandi”, — deya ma’lum qilgan vazir o‘rinbosari.

Erkak 3-avgust kuni taxminan soat 12:00 da bank bo‘limiga kirgan va uning sumkasida bomba borligini aytgan. U bankning barcha ishchilarini qo‘yib yuborgan, bo‘lim bo‘shlig‘i o‘z xohishi bilan u yerda qolgan.

Politsiya hududni o‘rab olgan va erkak bilan muzokaralar olib borilgan. U televideniye orqali chiqish qilishni talab qilgan.

Shundan so‘ng, bank binosiga ZIK, “Nash” va “112” telekanallari muxbirlari kirgan. Erkak ulardan o‘zining efirda ekanligini tekshirish uchun telefon so‘ragan.

Jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan qisqa suhbatdan keyin erkak bank binosidan chiqqan va Ukraina xavfsizlik xizmatining maxsus bo‘linmasi tomonidan qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют