» » “O‘zbekturizm” kompaniyasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Ne’mat Abdullayev vafot etdi

“O‘zbekturizm” kompaniyasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Ne’mat Abdullayev vafot etdi


Sobiq “O‘zbekturizm” kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ne’mat Abdullayev 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi jamoasi uzoq yillar “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ne’mat Abdullayevning vafot etganligi munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.

“Ne’mat Zokirovich o‘z davrida O‘zbekistonda turizm sohasi rivojiga o‘chmas hissa qo‘shgan. U hamkasblari xotirasida hamisha shijoatli, jonkuyar, samimiy inson sifatida muhrlanib qoladi. Marhumning yaqinlariga sabr-u jamil tilaymiz”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Ne’mat Abdullayev 1946-yilda tug‘ilgan. U 1994—2005-yillarda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Ne’mat Abdullayev 2020-yilning 2-avgust kuni vafot etgan.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 74 yoshli Ne’mat Abdullayevning vafoti sababiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining birinchi raisi Anvar Sharapov vafot etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют