» » Ukrainadagi o‘zbekistonliklar Kiyev—Xarkov—Toshkent—Kiyev charter reysida olib kelinadi

Ukrainadagi o‘zbekistonliklar Kiyev—Xarkov—Toshkent—Kiyev charter reysida olib kelinadi


Transport vazirligining axborot xizmati AllTrip.uz kompaniyasi Windrose aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Ukrainadan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun Kiyev—Xarkov—Toshkent—Kiyev yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshirishini xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Kiyev—Xarkov—Toshkent charter reysi 2020-yilning 5-avgustida amalga oshirilishi belgilangan. Toshkent—Kiyev yo‘nalishidagi charter parvozi 6-avgust kuni amalga oshiriladi.

Aviachipta narxlari va parvoz bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni +998 78 140 00 00 telefon raqami orqali olishingiz mumkin, deyiladi Transport vazirligining xabarida.

Avval 31-iyulda 144 nafar fuqaro mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekistondan Rossiyaning Amur viloyatiga jo‘natilgani, 1-avgustda Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 2-avgustdan 16-avgustga qadar amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlangani hamda 2-avgustda Turkiyaning Istanbul shahrida 2020-yilning 16 va 30-iyul kunlari Turkish Airlines aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan charter reysda 42 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi parvozdan qolib ketgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют