» » Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq u dengiz jonzotiga qayrilib ham qaramadi (video)

Tyulen tryuklari bilan mushukni o‘ziga rom etishga urindi. Biroq u dengiz jonzotiga qayrilib ham qaramadi (video)


Meduza tyulen e’tiborsiz mushukni o‘ziga jalb etish uchun qiziqarli tryuk bajarayotgani tasvirlangan rolik bilan bo‘lishdi. Bir tarafdan olganda bu kabi holat har kuni ham sodir bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan esa odamning tyulenga rahmi keladi. U suvdan chiqib, u yoqdan bu yoqqa tebrangan holda mushuk e’tiborini o‘ziga jalb etmoqchi. Biroq bularning barchasi hech qanday samara bermagan — mushuk hatto unga “qiyo boqib” ham qo‘ymagan, xuddiki tyulen mavjud emasdek.

This is the best video of a seal trying to impress a cat that you’ll see all day. pic.twitter.com/j4RAzcyCO5

— socially distant steve (@IGotsSmarts) July 26, 2020

Rolik boshida boshqa bir mushukni ko‘rish mumkin. Taxminga ko‘ra, bu rostdan ham mushuk bo‘lgan, biroq videoning sifatsizligi sabab uning aniq qaysi jonivor ekanligini aytish mushkul. O‘sha ikkinchi mushuk ham ortida butun boshli tomosha sodir bo‘layotgan bo‘lsa-da, boshqa tomonga qarab turibdi.

“Tyulen xafa bo‘lmasdan, boshqa ko‘plab muxlislarga ega bo‘lgan degan umiddamiz”, — deyiladi videoga izohda.

Mavzuga doir: Video: Avstraliya bo‘ylab kema burnida sayohat qilayotgan dangasa tyulen



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют