» » Bir yil ichida qayta sotib yuboriladigan mashinalar nomi ma’lum qilindi

Bir yil ichida qayta sotib yuboriladigan mashinalar nomi ma’lum qilindi


Avtomobil bozori va mashinalar savdosini o‘rganuvchi iSeeCars tashkiloti sotib olinganidan so‘ng bir yil ichida qayta sotib yuboriladigan mashinalar ro‘yxatini ma’lum qildi. Reytingdan joy olgan 11 ta modelning yarmidan ko‘pi nufuzli mashinalar hisoblanadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Ekspertlar 2015—2016-yillardagi 24 milliondan ortiq yangi mashinalar savdosini tahlil qilib chiqdi. VIN-kodlar yordamida dastlabki savdodan so‘ng to‘rt oydan bir yilgacha bo‘lgan vaqt ichida qayta sotilgan avtomobillar aniqlandi.

Bunda iSeeCars ro‘yxatdan qayta sotish vaqtida sezilarli darajada uzoq masofa bosib o‘tgan, shuningdek, juda kam masofa bosib o‘tgan mashinalarni chiqarib tashladi. Bundan tashqari, ro‘yxatga 50 ming donadan kam sotilgan modellar ham kirmagan.

Eng ko‘p qayta sotiladigan avtomobil BMW 3-Series bo‘lib chiqdi. Model bir yil ichida qayta sotilgan avtomobillar umumiy miqdorining sakkiz foizini tashkil qilgan. Reytingga yana ikkita BMW va ikkita Mercedes kirgan.

1. BMW 3-Series — 8,0%
2. BMW 5-Series — 7,1%
3. Mercedes C-Class — 6,1%
4. Nissan Versa Note — 4,0%
5. Dodge Dart — 3,9%
6. BMW X3 — 3,9%
7. BMW 4-Series — 3,9%
8. Mercedes E-Class — 3,9%
9. Chrysler 200 — 3,8%
10. Subaru WRX — 3,3%
11. Nissan Versa — 3,2%

Reytingga ko‘p sonli nufuzli avtomobillarning kirishiga sabab shundaki, bu markalarning dilerlari yangi mashinalarni o‘z xaridorlariga ularning avtomobillarini ta’mirlash vaqtida berish uchun sotib oladi.

Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, odamlar ko‘pincha nufuzli modellardan ko‘ngli qolgani uchun ularni qayta sotadi.

Shu bilan birga, iSeeCars reytingdagi avtomobillarning yangi va foydalanilgan holatdagi narxlarini hisoblab chiqdi. Eng kam narx yo‘qotgan model Subaru WRX bo‘lib chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют