» » Har bir taom uchun guruchning qanday turlari mos keladi?

Har bir taom uchun guruchning qanday turlari mos keladi?


Guruch – dunyodagi eng ommabop oziq-ovqatlardan biri va sayyoramiz yarim aholisi ovqatlarining asosiy qismi hisoblanadi. Donining kattaligi bo‘yicha u uch turga ajratiladi: dumaloqdonli, o‘rtachadonli va uzundonli. Lekin o‘lchamidan tashqari, guruch rangi, tarkibidagi kraxmal va donning ishlanish darajasi bilan ham farq qilishi mumkin.

Rizotto, bo‘tqalar, paeli va sho‘rvalar uchun mos keladi.

Rizotto tayyorlashda ishlatiladigan guruch ular ichida eng mashhur hisoblanadi. Navi qisqadonli, dumaloq guruchlar tarkibi kraxmal va pektinga boyligi bilan ajralib turadi.

Palov, garnirlar uchun mos keladi.

Bu ingichka uzundonli guruch Himolay tog‘lari yonbag‘rida yetishtiriladi. Basmati shirin ta’m va o‘ziga xos o‘tkir xushbo‘y hidga ega.

Desertlar, pishiriqlar, pudinglar uchun mos keladi.

Guruchning bu turi “yopishqoq” va “shirin”ligi bilan tanilgan. Aslini olganda bu guruchning nomidan farqli o‘laroq, tarkibida kleykovina yo‘q, lekin unga yelimsimon xususiyat beruvchi amilopektinga boy. Shu xossalari uchun aynan yelimshiq guruch shirin taomlar tayyorlashda ishlatish tavsiya qilinadi.

Oq guruch ishlatiladigan hamma taomlar uchun mos keladi.

Oq guruchning po‘sti tozalanadi va silliqlanadi. Jigarrang guruchni esa po‘sti ichida qoldiriladi va ishlov berilmaydi. Shu tufayli uning tarkibida vitaminlar va foydali moddalar ko‘proq bo‘ladi, lekin bu guruch uzoqroq vaqtda pishadi.

Manba: “Steaklovers.menu”

Опубликовано: admin (26-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют