» » Sardor Rashidov golli uzatma amalga oshirgan o‘yinda “Qatar SK” g‘alabani ushlab qololmadi

Sardor Rashidov golli uzatma amalga oshirgan o‘yinda “Qatar SK” g‘alabani ushlab qololmadi


Futbol bo‘yicha Qatar yulduzlar Ligasining 19-turida “Qatar SK” klubi 3-avgust, dushanba kuni “Umm-Salal”ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Sardor Rashidovning uzatmasidan keyin Kayke maydon egalarini oldinga olib chiqdi.

72-daqiqada mehmonlar penalti ishlab oldi va uni Fahad Halfan muvaffaqiyatli bajarib, muvozanatni tikladi.

Shu tariqa “Qatar” klubining g‘alabasiz seriyasi 9 o‘yinga yetdi. Jamoa 18 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Qatar yulduzlar Ligasi

19-tur bahslari

3-avgust, dushanba

Gollar: 1:0 – 52 Kayke, 1:1 – 72, penalti Halfan.

“Qatar SK”: Jasim Odil (Mutasim Majid, 15), Ar-Robiay, Baqsh, Galves, Ali Auad (Abdulaziz Odil, 67), Hamad Mansur (Xolid Abdurrouf, 89), Abdunasr al-Hayoti, Barrahma, Sardor Rashidov, Issa Ahmad, Kayke.

“Umm-Salal”: N`Diay, Kasola, Shipovich, Dakani, Azzi, Nossir Ibrohim, Meslub, Yaxyo, Muborak, al-Kaani, Beserra (Halfan, 61).

Ogohlantirishlar: Beserra (8), Baqsh (30), Barrahma (60), Galves (63).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют