» » Magistraturaga hujjat topshirgan va hujjatlari rad etilgan abituriyentlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha vaqt berildi

Magistraturaga hujjat topshirgan va hujjatlari rad etilgan abituriyentlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha vaqt berildi


Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi 2020/2021-o‘quv yili qabuli uchun magistraturaga hujjat topshirgan va muayyan sabablarga ko‘ra arizasi qabul qilinmagan abituriyentlarga muammoni bartaraf qilish uchun 4-avgustdan 6-avgust soat 11:00 gacha vaqt berdi.

“Davlat oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun magistr.edu.uz onlayn ariza topshirish tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan, biroq oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshiruv natijasi bo‘yicha turli sabablarga ko‘ra arizalari rad etilgan abituriyentlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni 2020-yilning 4-avgust kuni soat 11:00 dan 6-avgust soat 11:00 ga qadar qayta tahrirlash uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan imkoniyat yaratiladi.

Ushbu vaqt davomida kamchiliklarni to‘liq bartaraf etmagan abituriyentlarning arizalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda ular kirish imtihonlariga kiritilmaydi”,  deyilgan vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarini 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilayotgandi. Biroq mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilindi va keyinchalik karantin 15-avgustga qadar uzaytirildi. 22-iyulda AOKAda o‘tgan brifingda Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov imtihon cheklovlar 1-sentabrgacha davom etsa, sentabr oyida o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi.

Ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda DTMning rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali , respublikaning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi. 21-iyul kuni abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlandi. Ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni 1 484 085 nafarni tashkil etdi. Ularning eng yoshi 13, eng kattasi 95 yoshda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют