» » “Chernobil” seriali Britaniyaning BAFTA akademiyasi 9 ta mukofotini qo‘lga kiritdi

“Chernobil” seriali Britaniyaning BAFTA akademiyasi 9 ta mukofotini qo‘lga kiritdi


Amerikaning HBO telekanali hamda Britaniyaning Sky teletarmog‘i hamkorligida ishlangan “Chernobil” seriali Britaniya kino va televizion san’at akademiyasining BAFTA mukofotini “Eng yaxshi mini-serial” nominatsiyasida qo‘lga kiritdi. Bu haqda 31-iyul kuni Londonda o‘tkazilgan onlayn marosim vaqtida ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Eng yaxshi aktyor” roli akademik Valeriy Legasov rolini ijro etgan Jared Xarrisga nasib etgan.

18-iyul kuni “Chernobil” yettita mukofotni qo‘lga kiritgan edi. Xususan, Bronza niqoblar serial rejissori Yoxan Renkka, “Chernobil”ning orginal musiqiy mavzusini yaratgan kompozitor Xildur Gudnadottirga hamda kostyumlar bo‘yicha rassom Odil Diks-Miroga nasib etgan.

Bundan tashqari, serial BAFTA’ning “Eng yaxshi operatorlik ishi va chiroq”, “Eng yaxshi dekoratsiya”, “Eng yaxshi ovoz” hamda “Eng yaxshi montaj” yo‘nalishlari bo‘yicha ham mukofotni qo‘lga kiritgan.

Shunday qilib, 14 yo‘nalish bo‘yicha mukofotga nomzodlik qilgan serial 9 ta mukofotni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida “Chernobil” “Eng yaxshi serial” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют