» » Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar o‘rniga agrotexnologiyalar texnikumlari tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar o‘rniga agrotexnologiyalar texnikumlari tashkil etiladi


“Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar o‘rniga agrotexnologiyalar texnikumlari tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq xo‘jaligi OTMlarining mos bakalavriat yo‘nalishlarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi:

Iyun oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti faoliyatini tashkil etish hamda agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasida ham institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishi xususida ma’lumot berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют