» » “Manchester Yunayted” Jeydon Sanchoni sotib olishga yaqin. Futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishilgan

“Manchester Yunayted” Jeydon Sanchoni sotib olishga yaqin. Futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishilgan


Dortmundning “Borussiya” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tishga yaqin turibdi.

The Guardian jurnalisti Fabrisio Romanoning xabar qilishicha, jamoalar 20 yoshli futbolchi transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin.

Ta’kidlanishicha, “Manchester Yunayted” transfer pulini bo‘laklarga bo‘lgan holda bir necha yil ichida to‘lab bermoqchi. Hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan, ammo muzokaralar davom etmoqda.

“Manchester Yunayted”da Sanchoning o‘zi bilan hech qanday muammo yo‘q, ular allaqachon shaxsiy shartnoma borasida kelishib qo‘ygan. U 2025-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi. Hozirda futbolchi klublar o‘zaro kelishib olishini kutmoqda. Avvalroq dortmundliklar Sanchoni 120 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligi xabar qilingandi.

“Borussiya” barcha masalalar avgust oyida hal bo‘lishini istamoqda, sababi Jeydon ketadigan bo‘lsa, unga o‘rinbosar sotib olinishi zarur.

Jeydon Sanchoning “Borussiya D” safidagi top-20 goli va assistlari (video)

Angliyalik futbolchining “arilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Sancho Bundesliga joriy mavsumida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 17 gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют