» » Nikolas Keyj Bolgariyadagi suratga olish vaqtida oyog‘ini sindirib oldi

Nikolas Keyj Bolgariyadagi suratga olish vaqtida oyog‘ini sindirib oldi


Amerikalik aktyor Nikolas Keyj Bolgariyadagi suratga olish vaqtida oyog‘ini sindirib oldi, deb xabar berdi “TASS”.

Nashrning ma’lumot berishicha, aktyor “211” filmidagi harakatlardan birini omadsiz bajarib, oyog‘ini sindirib olgan. Hodisa Sofiyadagi “Boyana” kinomarkazida sodir bo‘lgan.

Keyj poytaxtdagi Harbiy-tibbiy akademiya shifoxonasiga yetkazildi.

Aktyorning shaxsiy shifokori bilan maslahatdan so‘ng, davolanishni davom ettirish maqsadida Keyjni AQShga yuborish qarori qabul qilingan. Keyj allaqachon Los-Anjelesga uchib kelgan.

“211” dramasida Nikolas Keyj bankda sodir etilgan qurolli o‘g‘rilikni fosh etishga harakat qiladigan ijobiy qahramon — politsiyachi rolini ijro etadi. Aktyor bilan birgalikda suratga olish ishlari uch hafta davom etishi kerak.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют