» » “Buxoro xalqaro aeroporti” direktori Tohir Bahronov 61 yoshida vafot etdi

“Buxoro xalqaro aeroporti” direktori Tohir Bahronov 61 yoshida vafot etdi


“Buxoro xalqaro aeroporti” direktori sobiq senator Tohir Bahronov 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy xabarda o‘lim sababi keltirilmagan. Ammo “Kun.uz”ning ayrim manbalari xabariga ko‘ra, u biroz avvalroq koronavirus infeksiyasiga chalingangan bo‘lgan.

Tohir Bahronov 1959-yil 21-aprelda Buxoro shahrida tavallud topgan. U 1986-yilda Buxoro davlat pedagogika institutini, 1996-yilda Sankt-Peterburg fuqaro aviatsiyasi akademiyasini (sirtdan) tugatgan. Mehnat faoliyatini 1976-yilda Buxoro suv xo‘jaligi boshqarmasi kinomexanigi yordamchisi sifatida boshlab, Buxoro “XATP-11” avtokorxonasi haydovchisi (1977—1978), Buxoro aviaotryadining tashish bo‘limi dispetcheri (1980—1982), Buxoro shahar avia agentligi boshlig‘i (1982—1985), Buxoro aeroporti yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish xizmati boshlig‘i, direktor o‘rinbosari (1985—1997) lavozimlarida ishlagan.

U 1997-yildan buyon “Buxoro xalqaro aeroporti” DUK direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. Shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati (1999—2004), Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati (2014—2019), Oliy Majlisi Senati a’zosi (2014—2019) bo‘lgan.

Buxoro viloyati hokimligi Tohir Bahronovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari, yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Avvalroq Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining birinchi raisi Anvar Sharapov, sobiq “O‘zbekturizm” kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ne’mat Abdullayev vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют