» » “O‘zil “Arsenal” uchun qayg‘urmaydi, u faqat o‘zini o‘ylaydi”. Londonliklar sobiq futbolchisi Mesutni tanqid ostiga oldi

“O‘zil “Arsenal” uchun qayg‘urmaydi, u faqat o‘zini o‘ylaydi”. Londonliklar sobiq futbolchisi Mesutni tanqid ostiga oldi


“Arsenal” klubining sobiq futbolchisi Perri Grouvz londonliklar yarim himoyachisi Mesut O‘zilni tanqid ostiga oldi.

O‘zil “Chelsi”ga qarshi kechgan Angliya Kubogi finali oldidan Turkiyaga jo‘nab ketdi. “Kanonirlar” finalda 2:1 hisobida g‘olib chiqdi va bu vaqtda Mesut jamoasi bilan birga bo‘lmagan.

“O‘zilning taqdirlash marosimida qatnashmagani hammasini aytib turibdi. U “Arsenal” haqida qayg‘urmaydi, faqat o‘zini o‘ylaydi. Jamoadoshlarim meni xudbin sifatida o‘ylashini xohlamagan bo‘lardim. Bu faqat bir narsani anglatadi — uning “Arsenal”dagi vaqti tugadi.

Agar u meni jamoadoshim bo‘lganida, men hatto... U menga ortiq yozmasligini xohlardim, tushunyapsizmi? Agar senga hammasi baribir bo‘lsa, u holda o‘zingni hech narsa bo‘lmagandek tutmasliging kerak”, — deydi Grouvz.

Mavzuga doir: Mesut O‘zil Turkiya klubiga o‘tmoqchi emas. U “Fenerbahche” taklifini rad qildi

O‘zil 2013-yildan buyon “Arsenal”da to‘p surib keladi. Undan avval u “Real”, “Verder” va “Shalke-04”da faoliyat yuritgan. 2019/20-yilgi mavsum germaniyalik futbolchi Premyer Ligada 18 o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

Mesut O‘zilning “Real” safidagi barcha gollarini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют