» » JSST rahbari koronavirusga qarshi “sehrli tayoqcha” yo‘qligidan ogohlantirdi

JSST rahbari koronavirusga qarshi “sehrli tayoqcha” yo‘qligidan ogohlantirdi


Koronavirusga qarshi yaratilayotgan amalda vaksinalar omadsizlik bilan yakun topishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

“Foyda beradigan vaksinani yarata olmasligimiz yoki u faqatgina bir necha oy himoyani ta’minlab bera oladigan dori vositasiga aylanish xavfi bor. Biroq klinik sinovlarni yakunlamas ekanmiz, buni bila olmaymiz”, — deydi Gebreyesus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda vaksinalarning bir necha varianti klinik sinovlarning uchinchi fazasidan o‘tmoqda. Bunda dori vositasi katta guruhdagi insonlarda sinaladi va tadqiqoqchilar jarayon muvaffaqiyatli yakunlanishidan umidvor. “Ayni vaqtda koronavirusni o‘ldira oladigan ‘sehrli tayoqcha’ yo‘q va u bo‘lmasligi ham mumkin”, — deydi JSST rahbari.

Gebreyesus tashkilotning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan bilan birgalikda butun dunyodagi mamlakatlar hukumatini koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan xavfsizlik choralarini bekor qilmaslikka chaqirgan. Gebreyesusning ta’kidlashicha, barcha insonlarning niqob taqib yurishi virusga qarshi kurashning birdamlik timsoliga aylanishi kerak.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyo bo‘ylab 177 ta tadqiqot guruhi SARS-CoV2 koronavirusiga qarshi vaksina yaratish bilan shug‘ullanayotgani, bugungi kunda yaratilayotgan vaksinalarning asosiy qismi klinik sinovlargacha bo‘lgan tekshiruvlardan o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 38) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют