» » O‘zbekistonda hozirga qadar koronavirusga qarshi kurashayotgan qancha tibbiyot xodimi rag‘batlantirilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda hozirga qadar koronavirusga qarshi kurashayotgan qancha tibbiyot xodimi rag‘batlantirilgani ma’lum bo‘ldi


Moliya vazirligi koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun respublika bo‘yicha jalb qilingan tibbiyot xodimlariga maxsus rag‘batlantirish va har kunlik qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lanishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etdi.

Vazirlik ma’lumotnomasiga ko‘ra, 30-iyul holati bo‘yicha respublikada koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning jami 123 104 nafariga 482 milliard qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lab berilgan.

— oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari jami 94 945 nafar xodimga 148,6 milliard so‘m, shundan 25 307 nafar vrachga – 58,2 milliard so‘m, 43 479 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 60,5 milliard so‘m, 12 357 nafar kichik tibbiyot xodimga – 13,5 milliard so‘m va 13 802 nafar boshqa xodimlarga – 16,4 milliard so‘m;

— 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha jami 14 427 nafar xodimga 307,5 milliard so‘m, shundan, 4 086 nafar vrachga (har biriga 25 million so‘mdan) – 143,3 milliard so‘m, 5 579 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 112,9 milliard so‘m, 2 884 nafar kichik tibbiyot xodimga – 36,6 milliard so‘m va 1 878 nafar boshqa xodimlarga – 12,7 milliard so‘m;

— Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish hamda mehnatiga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirish hisobiga 14 701 nafar xodimga 21,9 milliard so‘m to‘lab berilgan.

Hududlar bo‘yicha oylik lavozim maoshlariga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar statistikasi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlariga har 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют