» » Namangandagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashxislash va saralash markazi barpo etilmoqda

Namangandagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashxislash va saralash markazi barpo etilmoqda


Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashxislash va saralash markazi barpo etilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Jami 3420 kvadrat metr maydonni egallaydigan markazda 500 nafar bemor uchun joy hozirlanmoqda. Bu yerdagi har bir koyka kislorod liniyasi bilan jihozlanadi.

Bemorlarga qarov uchun 120 nafar shifokor va hamshiradan iborat yuqori malakali tibbiy personal ajratildi. Markazda havo haroratini bir maromda saqlab turish uchun 32 ta sovitgich o‘rnatilgan.

“Barkamol avlod” sport majmuasida barpo etilayotgan tashxislash va saralash markazi shu hafta yakunigacha qurib bitkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatiga yaqin vaqt davomida 95 ta SIPAP qurilmasi, 90 ta kislorod konsentratori, 5 ta mobil rentgen-tashxis tizimi, jami 11 milliard so‘mlik tibbiy asbob-anjomlar keltirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют