» » Mayk Tayson: “Roy Jonsni nokautga uchratmoqchiman”

Mayk Tayson: “Roy Jonsni nokautga uchratmoqchiman”


Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson navbatdagi jangda raqibi Roy Jonsni nokautga uchratmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

“Mening tabiatim avvalgidek, imkon topishi bilan yo‘q qiladi. Shuhratimning qaytishini sabrsizlik bilan kutyapman.

Uni nokautga uchratmoqchiman. Qaysi raundda? Buni jang davomida hal qilamiz”, — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 12-sentabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005-yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Mayk Tayson va Roy Jons ishtirokidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют