» » Yangi Kia K5 sedanlari o‘n metrli tramplindan sakradi (video)

Yangi Kia K5 sedanlari o‘n metrli tramplindan sakradi (video)


Kia kompaniyasining Amerikadagi ofisi K5 biznes sedaniga bag‘ishlangan noodatiy reklama bilan bo‘lishdi. Janubiy Koreya avtomobil ishlab chiqaruvchisi ikkita Kia K5 modelining o‘n metrli tramplindan sakragani tasvirlangan videorolik tayyorladi.

Hayratlanarli tryukni modernizatsiyalashgan Kia K5 GT professional haydovchilar amalga oshirgan. Uzunligi 4,9 metrga yetadigan Kia sport sedanlari sahnadan sakrab o‘tishi uchun muhandislar uning konstruksiyasini maksimal darajada yengillashtirgan va xavfsizlik karkasini o‘rnatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, modernizatsiyaga uchragan Kia K5 bir qator ekstremal rolikda suratga tushadi, tramplindan amalga oshirilgan sakrash esa kompaniyaning AQShdagi ko‘p seriyali promoushenlarining bir qismiga aylanadi. Koreya firmasi marketologlarining ta’kidlashicha, Kia K5 targ‘iboti xuddi avtomobil kabi dinamik va mazmunga boy bo‘ladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют