» » Janubiy Koreyada kuchli sel kelishi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada kuchli sel kelishi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi


Janubiy Koreyada kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 12 kishi qurboni bo‘lgan, yana 14 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Kyongido provinsiyasining Pxyontxek va Kapyon shaharlarida sel kelishi oqibatida yer ko‘chkisi sodir bo‘lib, olti kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, Chuxunchuxon-Pukto provinsiyasida olti kishi bedarak yo‘qolgan. Ular orasida yuk mashinasi kabinasida bo‘lgan 60 yoshli odamni sel oqizib ketgani aytilmoqda.

Mamlakatning markaziy qismidagi kuchli yog‘ingarchilik natijasida 1025 kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, 5,7 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jalik yerlari suv ostida qolgan.

Xabar berilishicha, yo‘llar, ko‘priklar va temiryo‘llar ham zarar ko‘rgan. 40 dan ortiq yo‘l va oltita temiryo‘l liniyalarida harakat to‘xtatilgan.

Tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashish uchun 25 mingdan ortiq politsiyachi va qutqaruvchilar, shuningdek, ko‘ngillilar jalb qilingan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют