» » “Barselona” qishda 31 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini ikki barobar ko‘p pul taklif qilgan APL klubiga sotmadi

“Barselona” qishda 31 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini ikki barobar ko‘p pul taklif qilgan APL klubiga sotmadi


“Barselona” 20 yoshli hujumchisi Fransishku Trinkauni sotishni istamadi, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

“Barselona” Trinkauni qishda 31 million yevro evaziga “Braga”dan sotib olgandi. Xabar qilinishicha, katalonlar portugaliyalik futbolchi transferi borasida nomi oshkor qilinmagan APL klubidan 60 million yevrolik taklif olgan. Biroq “Barselona” mazkur taklifni rad etgan, jamoa uni o‘zida saqlab qolmoqchi.

“Barselona” qishda futbolchini sotib olib, uni Portugaliyada ijarada qoldirgandi. Fransishkuning “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilga qadar mo‘ljallangan. Tovon puli 500 million yevroni tashkil qiladi.

Trinkau joriy mavsum “Braga” safida Portugaliya Primeyrasida 27 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют