» » Samarqandda “temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga salkam 47 milliard so‘m to‘lab berildi

Samarqandda “temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga salkam 47 milliard so‘m to‘lab berildi


Prezidentning 2020-yil 30-iyuldagi farmoniga asosan Samarqand viloyatida “temir daftar”ga kiritilgan 47 770 ta oilaning 10 mingtasiga bir million so‘mdan bir martalik moddiy yordam puli to‘lab berilgan. Qo‘shimcha ravishda Qurbon hayiti arafasida mahalliy budjet mablag‘lari va homiylar tomonidan shu toifadagi 2000 ga yaqin oilaga jami 2 milliard so‘m moddiy yordam puli berilgan. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

“Viloyat bo‘yicha 47 770 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning 213 ming a’zosini qo‘llab-quvvatlash maqsadida oilalarning har bir a’zosi uchun 220 ming so‘mdan bir martalik yordam puli berilmoqda. Viloyat bo‘yicha tarqatilishi belgilangan pul mablag‘larining jami qiymati qariyb 47 milliard so‘mni tashkil etadi. ‘Saxovat va ko‘mak’ umumxalq harakati doirasidagi ishlarimiz bundan keyin ham davom etadi”, — deydi Erkinjon Turdimov.

Viloyat hokimining ma’lum qilishicha, Prezidentning 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan viloyatda tez tibbiy yordam brigadalari xodimlari rag‘batlantirilmoqda.

Xususan, 1525 nafar vrach 5 million so‘mdan jami 7 milliard 625 million so‘m, 1782 nafar o‘rta tibbiyot xodimi 4 million so‘mdan 7 milliard 128 million so‘m, 1360 nafar haydovchi 3 million so‘mdan jami 4 milliard 80 million so‘m, viloyat bo‘yicha 4667 nafar soha xodimiga jami 18 milliard 833 million so‘m berilgan.

Shuningdek, pensiya, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilar uchun 311 million 217 ming so‘m mablag‘ to‘lab berilgan. Mahalla fuqarolar yig‘ini orqali 2 va 14 yoshgacha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar uchun farmongacha 126 million so‘m nafaqa va 48 million so‘m moddiy yordam to‘langan bo‘lsa, farmondan keyin 150 million so‘mlik nafaqa 63 million so‘mlik moddiy yordam to‘langan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют