» » Toshkentda Usenet 2017 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Usenet 2017 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 25-aprelda to‘rtinchi Usenet 2017 digital-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istoning 20 dan ortiq ekspertlari ishtirok etdi. Bu haqda konferensiya tashkilotchilari “Daryo”ga xabar berdi.

Bu yilgi konferensiyada ishtirok etish uchun 2000 dan ortiq kishi ariza topshirdi. Tadbirda “Yandeks”, Beeline, “Odnoklassniki”, Dentsu Aegis Network, Green PR, CLICK, WEBNOW kompaniyalarining yetakchi menejer va ekspertlari ishtirok etdi.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida “2017—2021-yillarda yuqori tezlikdagi mobil internet rivoji. 3G kengayishi, 4G tatbiqi va 5G’ga o‘tish: texnologiyalar, investitsiyalar, ashyolar interneti” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют