» » Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlari iqlimga mos himoya kiyimlaridan foydalanishga o‘tishini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlari iqlimga mos himoya kiyimlaridan foydalanishga o‘tishini ma’lum qildi


“COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar”ning oltinchi nashrida bemorni parvarish qilish, uni davolash jarayonida amal qilish lozim bo‘lgan shaxsiy himoya qoidalari haqida ma’lumot berilgan, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra O‘zbekistonda dunyo tajribasi va mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda havo o‘tkazmaydigan himoya kombinezoni o‘rniga hozirgi iqlim sharoitiga mos tibbiy himoya kiyimlaridan foydalanishga o‘tiladi.

Ushbu qaror xalqaro tajriba, shifokorlarning fikri va ularning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash masalalarini to‘la inobatga olgan holda chiqarilgan. SSVning qayd etishicha, tibbiyot xodimlari qo‘lqop, qalpoqcha, N-95 respirator niqobi, xavfsizlik ko‘zoynagi va yuz uchun to‘siqlar bilan doimiy himoyalanishi shart.

Davolash muassasalarida xavf yuqori bo‘lgan reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida tibbiyot xodimlari yuqorida keltirilgan himoya vositalari bilan birga oldingi kombinezonlardan doimiy tartibda foydalanadi.

Mavzuga doir:Video: Koronavirus bemorlari davolanayotgan Zangiota shifoxonasining jonlantirish bo‘limidan reportaj

Avval Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorni ambulator va uy sharoitida davolashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumot bergandi. Shuningdek, 4-avgustda 30-iyul holati bo‘yicha respublikada koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning jami 123 104 nafariga 482 milliard qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lab berilgani xabar qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют