» » Ispaniya sobiq qiroli Xuan Karlos I mamlakatni tark etishga qaror qildi. U xorijdagi hisoblarini yashirishda gumonlanmoqda

Ispaniya sobiq qiroli Xuan Karlos I mamlakatni tark etishga qaror qildi. U xorijdagi hisoblarini yashirishda gumonlanmoqda


Moliyaviy mojarolar domida qolgan Ispaniya sobiq qiroli Xuan Karlos I mamlakatni tark etadi. Bu haqda u amalga monarx — o‘g‘li Filipp VI ni ogohlantirgan, deb xabar beradi El Mundo nashri.

Xuan Karlos I vakillarining ma’lum qilishicha, u har qanday holatda ham Ispaniya prokuraturasi tomonidan o‘tkaziladigan jarayonlarda ishtirok etadi. Mamlakat hukumati monarxning ushbu qaroriga nisbatan hurmat bilan yondashilishini ma’lum qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xuan Karlos I hozirda Ispaniyadan chiqib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariya va Ispaniyada bir necha oydan buyon Xuan Karlos I tomonidan nazorat qilinayotgani taxmin qilingan xorijdagi hisoblar bo‘yicha tergov ketmoqda. Ayblovchi tomonning taxminiga ko‘ra, ushbu bank hisoblarida korrupsiya yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan mablag‘lar saqlanmoqda.

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, qirol daxlsiz bo‘lib, u jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Biroq Xuan Karlos taxtdan ketgandan so‘ng amalga oshirgan harakatlari uchun sud qilinishi mumkin.

Mart oyida Xuan Karlosning o‘g‘li, amaldagi qirol Filipp VI antikorrupsion tergovlar fonida otasining merosidan voz kechgan edi.

Ma’lumot uchun, Xuan Karlos I Ispaniyani 1975—2014-yillar oralig‘ida boshqargan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют