» » Moddiy yordam puli bo‘yicha mojaro kelib chiqqan Sergelidagi “Humo” mahallasi bo‘lib yuboriladi

Moddiy yordam puli bo‘yicha mojaro kelib chiqqan Sergelidagi “Humo” mahallasi bo‘lib yuboriladi


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning “Sergeli tumanidagi ‘Humo’ mahallasi hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining 2020-yil 3-avgustdagi 07-B-37-sonli bayoni, xalq deputatlari Sergeli tuman kengashining 2020-yil 2-avgustdagi “Sergeli tumanidagi ‘Humo’ mahallasi hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish hamda nomsiz ko‘chalarga nom berish to‘g‘risida”gi 76/2-12-sonli qarori va “Humo” mahallasining hududiy chegarasini o‘zgartirish va yangi mahallalarni tashkil etish hamda nomsiz ko‘chalariga nom berish to‘g‘risidagi iltimosnomasi ma’qullanadi.

Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasi hududiy chegarasini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahallalar ro‘yxati hamda ularning nomlari, bo‘linishi hisobiga tashkil etilayotgan mahallalarni chegaralari tavsiflari, nomsiz ko‘chalarga nom berish ro‘yxati tasdiqlanadi.

Toshkent shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari soni 519 ta deb yuritiladi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi (D.Zufarov), Sergeli tuman hokimi (B.Shomurodov):

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (X.Shokirov), Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi (L.Ismatullayev):

Sergeli tumanidagi “Humo” mahallasining hududiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqish hisobiga yangi tashkil etilayotgan mahallalar ro‘yxati va ularning nomlari

Yangi tashkil etilayotgan mahallalar chegaralari va tavsifi.

“Humo” mahallasi

Markazi: 3B-mavzesidagi 8-ko‘p qavatli uy

Aholi: 8024 nafar

Oila: 2675 ta

Mirzo Tursunzoda ko‘chasi va Shokirariq kanali kesishgan joydan Shokirariq kanalining chap tomoni bo‘ylab Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Shokirariq ko‘chasigacha, Shokirariq ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Mirzo Tursunzoda ko‘chasigacha, Mirzo Tursunzoda ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Shokirariq kanaligacha bo‘lgan chegaralarda.

“Yangi turmush” mahallasi

Markazi: 3A-mavzesidagi 25-qo‘p qavatli uy

Aholi: 5256 nafar

Oila: 1752 ta

Mirzo Tursunzoda ko‘chasi va Shokir ariq kanali kesishgan joydan Shokirariq kanalining o‘ng tomoni bo‘ylab Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Mehrigiyo ko‘chasigacha, Mehrigiyo ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Mirzo Tursunzoda ko‘chasigacha, Mirzo Tursunzoda ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Shoki ariq kanaligacha bo‘lgan chegaralarda.

“Yangi hayot” mahallasi

Markazi: 332-maktab binosi

Aholi: 8790 nafar

Oila: 4395 ta

Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi va 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi kesishgan joydan 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 332-maktabgacha, 332-maktab hududi va 88-uyni qamrab olgan holda Katta halqa yo‘ligacha, Katta halqa yo‘lining o‘ng tomoni bo‘ylab, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha bo‘lgan chegaralarda.

“Oriyat” mahallasi

Markazi: 332-maktab binosi

Aholi: 4028 nafar

Oila: 2008 ta

1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi va 332-maktab kesishgan joydan 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab, 3-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 3-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab Katta halqa yo‘ligacha, Katta halqa yo‘lining o‘ng tomoni bo‘ylab, 88-uygacha, 88-uy va 332-maktabning qamrab olmagan holda 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha bo‘lgan chegaralarda.

“Marhamat” mahallasi

Markazi: 331-maktab binosi

Aholi: 9450 nafar

Oila: 4725 ta

Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi va 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi kesishgan joydan 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab 9-qurilish hududidagi ichki ko‘cha bo‘ylab 45 va 37-ko‘p qavatli uylarni qamrab olgan holda Shokirariq ko‘chasigacha, Shokirariq ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining chap tomoni bo‘ylab 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha bo‘lgan chegaralarda.

“Gulshanobod” mahallasi

Markazi: 331-maktab binosi

Aholi: 4450 nafar

Oila: 2225 ta

1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi va 9-qurilish hududidagi ichki ko‘cha kesishgan joydan 46, 47 va 50-ko‘p qavatli uylarni qamrab olgan holda ichki yo‘l bo‘ylab Shokirariq ko‘chasigacha, Shokirariq ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 2-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 2-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 10-qurilishi hududini qamrab olgan holda Katta halqa yo‘ligacha, Katta halqa yo‘lining o‘ng tomoni bo‘ylab 2-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 2-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasigacha, 1-tor Qo‘rg‘ontepa ko‘chasining o‘ng tomoni bo‘ylab 46-ko‘p qavatli uygacha bo‘lgan chegaralarda.

Sergeli tumanidagi yangi nom berilayotgan ko‘chalar ro‘yxati.

Avvalroq Sergelidagi “Humo” MFYda aholi va mahalla ma’muriyati o‘rtasida 1 million so‘mlik yordam puli ustida mojaro yuzaga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Videoyozuvlarning birida aholi vakillari “Humo” mahallasi ma’muriyatini yordam pulini bermayotganlikda ayblagan, yordam puli so‘rab kelganlarga mahalla ma’muriyati bankdan kredit olishni tavsiya qilayotgani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 30-iyuldagi farmoniga muvofiq pandemiya sharoitida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”ga) kiritilgan va a’zolari 1,7 million nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilaga respublika byudjetidan bir martalik moddiy yordam puli berilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumatning tegishli farmoyishiga asosan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Qurbon hayiti arafasida 1 million so‘mdan moddiy yordam tarqatilishi ta’kidlangan edi.

1-avgust kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu mojaro sabab mahallaga borib aholi bilan uchrashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют