» » Chirchiqdagi shifokorlar: “Mehnat shartnomasi yo‘q, bemorlar uchun dorilar yo‘q”

Chirchiqdagi shifokorlar: “Mehnat shartnomasi yo‘q, bemorlar uchun dorilar yo‘q”


“Anhor.uz” nashri Chirchiq davlat pedagogika instituti yotoqxonasi bazasida tashkil etilgan vaqtinchalik kasalxonaga ishga qabul qilingan bir guruh tibbiyot xodimlaridan kelib tushgan murojaat bilan bo‘lishdi. Tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vazirligining ayrim hududiy organlari rahbarlarini mas’uliyatsizlikda ayblagan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Sobirovga Chirchiq davlat pedagogika instituti yotoqxonasi qoshida tashkil etilgan provizor kasalxonasining tibbiyot xodimlaridan

MUROJAAT

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirishga oid qarori yuzasidan Toshkent viloyati Chirchiq shahrida provizor shifoxonasi tashkil etgan bo‘lib, bizni bu yerga majburan jalb etishdi.

Ishga kelganimizda viloyat Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari N.X. hamda Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi rahbari D.X.Umrullayev bilan suhbatlashgan edik, ular “Bizda COVID-19’ga chalinganlar bo‘lmaydi, pnevmoniyaning yengil shaklini davolaysizlar, 25 bemorga mo‘ljallangan bo‘linmada 1 ta shifokor va 1 ta hamshira bo‘ladi, ikki kun ichida sizlarni dori-darmon bilan ta’minlashadi va 6 foiz ustama olasizlar”, degan edi.

Biroq oradan 14 kun o‘tgan bo‘lsa-da, bizga mehnat shartnomasini ko‘rsatishmadi. Dori vositalari yo‘q, biz bemorlarga o‘zlari sotib olishlari uchun dorilar ro‘yxatini berishga majbur bo‘lyapmiz.

27-iyul kuni provizor kasalxonasining bosh shifokori Sh.A. Saidmuratov bizning qarshiligimizga qaramasdan COVID-19 bilan kasallangan bemorni kasalxonaga joylashtirdi. Uning aytishicha, COVID-19 bilan kasallanganlarni davolash shartnomada ko‘rsatilgan ekan.

Shartnomani o‘qiganimizda, 1.1 band bilan 1.2 band bir-biriga zid kelayotganini ko‘rdik. Ushbu masala bo‘yicha Chirchiq shahar moliya bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilganimizda esa Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi buxgalteri va iqtisodchisi 6 foizli ustamadan boshqa hech qanday ortiqcha pul to‘lanmasligi va shartnoma bo‘yicha ishlashimiz lozimligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan bizga 14 kunlik mehnat faoliyatimiz uchun ish haqimizning o‘z vaqtida berilishini ta’minlashingizni so‘raymiz. Agarda qilgan mehnatimizga yarasha haq olsak, tibbiyot xodimlari tanqisligi kuzatilayotgan bugungi kunda yana 14 kun vatanimiz uchun xizmat qilishga tayyormiz.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlari shifoxonadan ketib qolgani, muassasa esa yopilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Keyinroq Toshkent viloyati hokimligi ushbu xabarni rad etgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют