» » Namanganda Chevrolet Tracker 6 yoshli bolani urib yubordi. Bolakay shifoxonada vafot etdi

Namanganda Chevrolet Tracker 6 yoshli bolani urib yubordi. Bolakay shifoxonada vafot etdi


2020-yil 3-avgust kuni soat 17:50 atrofida To‘raqo‘rg‘on tumani “Yangihayot” MFY ichki yo‘lida Chevrolet Tracker rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 6 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB YHHB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Xuddi shu kuni soat 21:30 larda Pop tumani, “Tepaqo‘rg‘on” mahallasi hududida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Nexia haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i esa kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida 2020-yilning 6 oyi mobaynida 248 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 67 kishi halok bo‘ldi, 228 nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari oldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют