» » Niderlandiya futbol ittifoqi ayol futbolchining erkaklar jamoasida o‘ynashiga ruxsat berdi

Niderlandiya futbol ittifoqi ayol futbolchining erkaklar jamoasida o‘ynashiga ruxsat berdi


Niderlandiya futbol ittifoqi (KNVB) tajriba sifatida 19 yoshli ayol futbolchi Ellen Fokkemega “Foarut” klubining erkaklar jamoasida o‘ynashga ruxsat berdi.

Ayni damda Niderlandiyada 19 yoshgacha bo‘lgan aralash jamoalarga ruxsat berilgan. 19 yoshdan so‘ng qizlar A kategoriyasida o‘g‘il bolalar bilan birga o‘ynay olmaydi. Ular ayollar klublari yoki B kategoriyaga kiruvchi aralash jamoalarda o‘ynashi mumkin, xolos. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tadigan bo‘lsa, KNVB bu taqiqni olib tashlaydi.

Niderlandiya futbol ittifoqi mazkur qoidaning olib tashlanishi ayollar jamoalari mavjud bo‘lmagan chekka hududlaridagi qizlarning sportda o‘zini ko‘rsatishiga yordam beradi degan fikrda.

“ “Foarut” klubida o‘ynashda davom etishimdan juda xursandman. Bu yigitlar bilan besh yoshimdan beri o‘ynab kelaman va kelasi mavsumda ular safiga qo‘shila olmasam juda alam qilardi. Bu qanday bo‘lishini bilmayman, ammo bunday tajribada qatnashayotganimdan juda xursandman”, — deydi Ellen.

“Foarut” havaskor futbol klubi Niderlandiyaning to‘qqizinchi divizioni ishtirokchisi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют