» » Tramp AQSh kompaniyasidan TikTok’ni sentabr o‘rtalarigacha sotib olishni talab qilmoqda

Tramp AQSh kompaniyasidan TikTok’ni sentabr o‘rtalarigacha sotib olishni talab qilmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp mahalliy kompaniyalarga TikTok ilovasini 15-sentabrgacha sotib yuborishni talab qildi. Bu haqda Reuters xabar qilgan.

Trampning qayd etishicha, ushbu sanaga qadar TikTok ilovasi Microsoft yoki boshqa kompaniya tomonidan xarid qilinmasa, u holda ilova biznesdan chiqadi.

“Agar Microsoft yoki boshqa qaysidir kompaniya ilovani sotib olmasa yoki AQSh Moliya vazirligi ko‘p pul ishlab oladigan kelishuvni imzolamasa, TikTok 15-sentabrdan boshlab taqiqlanadi”, — degan AQSh yetakchisi.

Reuters Xitoyning TikTok’ni ishlab chiqqan ByteDance kompaniyasidagi o‘z manbasiga tayanib, kompaniyaning AQShdan tashqarida ilovaning shtab-kvartirasini tuzishni maqsad qilgani haqida xabar bergan.

Avval Microsoft kompaniyasi rahbari Satya Nadella Donald Tramp bilan ilovasini sotib olish masalasini muhokama qilgani va bu boradagi muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgandi.

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo mamlakatda TikTok’ning bloklanishi haqida iyul boshida gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra AQSH fuqarolariga TikTok’ni ehtiyotkorlik bilan ishlatish va axborotlarning xitoylik kommunistlar ixtiyoriga o‘tmasligiga hushyor bo‘lishni tavsiya qilgandi. Keyinchalik Donald Tramp ilovaning mamlakatda taqiqlanishi haqida gapirgan.

Avvalroq 30-iyulda investorlar Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok servisini 50 milliard dollarga baholagani, 1-avgustda Microsoft TikTok servisini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani va AQSh prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqni mamlakat hududida taqiqlash niyatida ekanligini ma’lum qilgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют