» » Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qizini rashk qilib 30 yoshli erkakni o‘ldirib qo‘ydi

Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qizini rashk qilib 30 yoshli erkakni o‘ldirib qo‘ydi


Andijon viloyatida yashovchi fuqaro yaxshi ko‘rgan qizini rashk qilib 30 yoshli shaxsning umriga zomin bo‘ldi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli O.N. yaxshi ko‘rgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.O‘. bilan o‘zaro janjallashgan. Oqibatida 2020-yilning 25-iyul kuni soat 22:30 da Asaka tumani “Qipchoq” MFY hududida O.N. qo‘lida bo‘lgan temir bo‘lagi bilan J.O‘.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada J.O‘. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida O.N. tomonidan J.O‘.ga tan jarohati yetkazilgan temir bo‘lagi ashyoviy dalil tariqasida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha O.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.O‘. 2020-yilning 27-iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют