» » Surxondaryoda “Surxon” va “Alpomish” kurash majmualarida COVID-19 bemorlarini davolash uchun 592 o‘rinli taqsimot punkti barpo qilindi

Surxondaryoda “Surxon” va “Alpomish” kurash majmualarida COVID-19 bemorlarini davolash uchun 592 o‘rinli taqsimot punkti barpo qilindi


Termiz shahridagi “Surxon” sport hamda “Alpomish” kurash majmualari binolarida yaqin kunlarda 592 o‘rinli tashxislash, saralash, taqsimot punktlari o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligining axborot xizmati xabar qildi.

Pandemiya davrida bemorlarga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan maxsus binolarga tez tibbiy yordam bo‘limiga harorati ko‘tarilib, murojaat qilgan bemorlar keltiriladi. Bu yerda ularga tashxis qo‘yiladi va ahvolining o‘ta og‘ir, og‘ir va yengilligiga qarab saralash ishlari tashkil etiladi.

Bemorlarning klinik belgilaridan kelib chiqib, ular shifoxonaga yoki uyi sharoitida davolanish uchun yo‘naltiriladi.

Vaqtinchalik punktlarga tibbiy ko‘rik uchun zarur zamonaviy tibbiyot anjomlari bilan ta’minlanib, malakali tibbiyot xodimlari jalb etiladi. Bemorlar uchun kislorodli o‘rinlar tayyorlanadi, deyiladi hokimlik xabarida.

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovda koronavirusga chalingani tasdiqlangan (Surxondaryo hokimi Toshkentda davolanmoqda).

31-iyulda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etgan, 30-iyulda uning ahvoli og‘ir deb baholangan va sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangani aytilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Yerniyozovning vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan.

Navoiy viloyati hokimligi 31-iyul kuni viloyat rahbari Qobul Tursunov so‘nggi to‘rt kundan beri Toshkentda davolanishda ekani haqida xabar bergan, biroq uning aynan qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqlik kiritmagandi. Keyinchalik Tursunovning koronavirusga chalingani va Toshkent shahrida davolanayotgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovda ham koronavirus infeksiyasidan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi. 29-iyul kuni O‘zbekiston moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют