» » Qozog‘istonda kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga masofaviy ta’lim uchun kompyuterlar tarqatiladi

Qozog‘istonda kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga masofaviy ta’lim uchun kompyuterlar tarqatiladi


Qozog‘iston shaxsiy kompyuterga ega emas 180 ming nafar maktab o‘quvchisiga ko‘mak beradi. Mamlakatdagi ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarning 500 ming nafar bolaning masofaviy ta’lim muammoasini hal etish uchun kompyuterlar tarqatilgan. Bu haqda “Xabar 24” nashri xabar qilgan.

“O‘quv yilining boshlanishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi. Tayyorgarlik jarayonini yanada faollashtirish lozim. Hukumat 500 ming atrofidagi kam ta’minlangan oilaning farzandlariga kompyuterlar tarqatilishini ta’minlaydi”, – deydi Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin.

“Hokimliklar maktab o‘quvchilariga mahalliy darajada kompyuter tarqatilishini nazorat qiladi. O‘quvchilarga 25-avgustgacha darsliklar tarqatilishi ham nazoratga olinadi. Har bir darslikning elektron nusxasi ham berilishi lozim va ularni olish uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Eslatib o‘tamiz, 1-sentabrdan Qozog‘iston o‘quvchilari uchun onlayn-formatdagi yig‘ilishlar o‘tkaziladi”, – degan Maorif va fan vaziri Asxat Aymagambetov.

Qozog‘istonda yangi o‘quv yilidan 157 ming nafar o‘quvchi ta’limni boshlaydi va davom ettiradi. Ular orasida qishloq hududlaridagi maktablarda ta’lim oluvchilar ham bor. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari ota-onalarning arizasi asosida an’anaviy formatda sanitar talablarga rioya etgan holda o‘qishni boshlashi yoki davom ettirishi mumkin. Ta’lim vazirining aytishicha mazkur sinflardagi o‘quvchilar soni 15 nafardan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Navbatchi sinflar uchun arizalar elektron shaklda qabul qilinadi. Qolgan o‘quvchilar masofaviy tarzda, teledarslar orqali ta’limni davom ettiradi.

Darslar Al-Farabi va El Arna telekanallari orqali namoyish qilinadi. Ma’lumotda qayd etilishicha ayni vaqtda olti mingta darsning tasvirga olish jarayoni ketmoqda. Vazirlikning axborotiga ko‘ra internet-platformalar va televideniye orqali masofaviyi ta’lim shaklida 2 milliondan ortiq o‘quvchi qamrab olinadi.

Avvalroq Qozog‘istonda 3-avgustdan karantin cheklovlari yengillashtirilishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgan. Keyinchalik Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istondagi epidemiologik vaziyatga oid muammoli masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan va karantin cheklovlarini yana 2 haftaga uzaytirish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 5-iyuldan boshlab ikki haftaga qat’iy karantin rejimi joriy qilingan. 13-iyul kuni esa Qozog‘istonda koronavirus qurbonlarini xotirlash kuni deya e’lon qilingandi. Keyinroq Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda karantin cheklovlari iyul oyining oxirigacha uzaytirilishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют