» » “Manchester Siti” Leroy Sanening o‘rniga ispaniyalik Ferran Torresni sotib oldi

“Manchester Siti” Leroy Sanening o‘rniga ispaniyalik Ferran Torresni sotib oldi


“Valensiya” yarim himoyachisi Ferran Torres “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Manchester Siti” ispaniyalik futbolchi bilan besh yillik shartnoma imzolanganini ma’lum qildi. Torresning xizmatlariga “Yuventus”, “Real” va “Atletiko Madrid” klublarining qiziqish bildirgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

“Shaharliklar” Torresni “Bavariya”ga o‘tib ketgan Leroy Sanening o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Bir muddat avval ingliz klubi 20 yoshli o‘yinchi transferi uchun 27 million yevro to‘lashi xabar qilingandi.

Torres “Valensiya” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2016-yildan buyon professional futbolda faoliyat yuritib keladi. La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida Torres 34 o‘yin o‘tkazib, 4 gol va beshta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют