» » Qarshida karantin qoidalari yumshatilib, sartaroshxona va go‘zallik salonlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

Qarshida karantin qoidalari yumshatilib, sartaroshxona va go‘zallik salonlari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda


Qarshi shahridagi sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari shahar maxsus komissiyasi ruxsati bilan 4-avgustdan yana o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda “Daryo”ga shahar hokimligi axborot xizmati rahbari Umid Jabborov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari egalari bilan uchrashib, ishni karantin talablari asosida tashkil etish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan ta’minlagan holda faoliyat yuritish zarurligini ta’kidlagan.

Umid Jabborovning qo‘shimcha qilishicha, shaharda, shuningdek, nooziq-ovqat do‘konlari, kiyim-kechak sotuvchi do‘konlar va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi maskanlar faoliyatiga ham ruxsat etilgan.

“Buyum bozorlari va umumiy ovqatlanish korxonalariga hozircha ruxsat etilmagan, ammo bosqichma-bosqich boshqa faoliyat turlariga ham ruxsat berilishi mumkin”, — dedi shahar hokimligi axborot xizmati rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahri barcha avtomobillar uchun ochilgani, 3-avgustdan boshlab shaharga belgilangan vaqtda kirib-chiqishga ruxsat etilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Kitob tumanida buyum bozori va oshxonalar faoliyatiga ruxsat berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют