» » Samarada qolib ketgan 500 ga yaqin o‘zbekistonlik 6-avgust kuni Rossiyani tark etishi kutilmoqda

Samarada qolib ketgan 500 ga yaqin o‘zbekistonlik 6-avgust kuni Rossiyani tark etishi kutilmoqda


Rossiya—Qozog‘iston chegarasi yaqinidagi Orenburg va Samara viloyatlarida to‘planib qolgan 3,5 mingdan ortiq Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolarini o‘z vatanlariga yuborish boshlandi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Orenburg viloyati rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya—Qozog‘iston chegarasida — Orenburgning Buzuluk tumani va Samara viloyatida 3 ming Qirg‘iziston fuqarosi hamda 500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi to‘plangan.

“Buzuluk tumani va Samara viloyatida hududidagi Qirg‘iziston fuqarolari bugun hamda ertaga Qozog‘iston chegarasi orqali vataniga yuboriladi. Qirg‘izistonga jo‘natiladigan fuqarolarning umumiy soni 3 mingga yaqin. Shuningdek, 500 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi uyga qaytish imkoniyatini kutib turibdi. Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, ular 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkin. Ular o‘z vataniga temiryo‘l transporti orqali jo‘nab ketadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiyaning Samara viloyatida qolib ketgan qariyb 500 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytish uchun Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi.

O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonning koronavirus pandemiyasi tufayli davlat chegaralarini yopgani oqibatida vatanga qayta olmayapti. Iyul o‘rtalarida chegara yaqinidagi chodirlarda minglab o‘zbekistonliklarning qolib ketgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: Biydek dalada: o‘zbekistonlik minglab migrantlar Rossiya—Qozog‘iston chegarasida qolib ketayotgani haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют