» » Yaponiyalik zargarlar Dart Veyderning 1,4 million dollarlik oltin niqobini taqdim etdi

Yaponiyalik zargarlar Dart Veyderning 1,4 million dollarlik oltin niqobini taqdim etdi


Yaponiyaning Tanaka Kikinzoku Jewelry zargarlik firmasi “Yulduzlar jangi” filmidagi Dart Veyder personajining niqob va dubulg‘asini yangi nusxasini toza oltindan yaratdi, deb xabar berdi South China Morning Post.

O‘lchamlari 30 santimetrga 26,5 santimetr, og‘irligi 15 kilogramm bo‘lgan buyum Tokiodagi Ginza tumanida joylashgan firmaning bosh kiyimlar bilan savdo qiluvchi do‘konida namoyish qilindi. Uni 4-may kuni, 2011-yildan beri kinofranshizm muxlislari tomonidan nishonlanib kelinayotgan “Yulduzlar jangi” kuni sotib olish mumkin bo‘ladi. Uning narxi 154 million iyena (1,4 million dollar).

Shuningdek, firma oltindan ishlangan memorial nishonni ham taqdim etdi. U uchta tuxumsimon qadama bezak va “Yulduzlar jangi”ning 1977-yildagi asl posterining miniaturali nusxasi bilan bezalgan. Qadama bezakka 1977-yilning 25-mayida filmning ekranga chiqqan birinchi sanasiga bag‘ishlanib —  1977525 raqami o‘yib yozilgan. Nishon 77 nusxada chiqarilgan, uning narxi 1,22 million iyena (11 ming dollar).

Tanaka Kikinzoku Jewelry 1892-yil Tokioda asos solingan yapon zargarlik firmasi hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют