» » Nima uchun soch to‘kiladi? Sabablar va yechimlar

Nima uchun soch to‘kiladi? Sabablar va yechimlar


Soch to‘kilishi – bu har kuni har kim bilan ro‘y beradigan hodisa. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi kuniga o‘rtacha 80 tola soch yo‘qotarkan. Eng qizig‘i, bu insonga umuman sezilmaydi. Ammo soch  ko‘proq to‘kilayotgan bo‘lsa, demak, buning jiddiy sababi bo‘lishi mumkin.

Ushbu muammo ayollar orasida ham ancha kengaygan, ularning aksariyati soch to‘kilishi hamda siyraklashishidan norozi. Lekin bu borada ortiqcha tashvishlanishning keragi yo‘q. Ba’zan barcha yo‘qotilgan narsalar o‘rnini yangisi egallaydi. Faqatgina talab etiladigan jihati shuki, siz muammoning sababi va yechimi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz zarur.

Irsiyat bilan bog‘liq

Agar sochlarning siyrakligi, hajm jihatdan kamligi irsiyatga ko‘ra bo‘lsa, vaqt o‘tib borgan sari bu yaqqol sezilib qoladi. Gohida ayrim soch tuxumdonlari erkaklik gormonlariga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham ingichka va qisqa tolali sochlar o‘sishni boshlaydi.

Reaktiv sabablar

Inson organizmida gormonal nomutanosiblik, vitamin yetishmasligi, tushkunlik, betartib ovqatlanish kabi hollarda ham soch bilan bog‘liq muammolar ko‘payib boraveradi.

Sochning o‘sish jarayonida asosan gormonlar muhim rol o‘ynaydi. Estrogenlar (ayol gormoni) sochni tez va yaxshi o‘sishiga yordam bersa, androgenlar (erkak gormoni) o‘sish siklini qisqartiradi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, endokrin kasallik tufayli androgenlarning ortishi yuz beradi.

Sochlarni tiklash uchun nima qilish kerak?

Eng avvalo, sochdagi muammo organizmning qaysi a’zosi bilan bog‘liq ekanini aniqlash kerak. Bir tola sochning hayot sikli uch oyni tashkil etadi. Demak, ularning to‘kilishi to‘satdan boshlanmaydi va to‘xtab ham qolmaydi. Agar uch oy mobaynida ham vaziyat yaxshilanmasa, trixolog ko‘rigidan o‘tish lozim.

Ovqatlanish rejimi ham sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Kundalik ratsionga oqsilga boy bo‘lgan ozuqalarni kiritish ham foyda beradi. Sababi, oqsil sochning zaruriy moddasi hisoblanadi. Tarkibi ugevodga boy bo‘lgan mahsulotar ham soch o‘sishi uchun quvvat beradi. Soch tolalarini mustahkamlashga temir, B12, C, D3 vitaminlari, L-lizin va L-metionin aminokislotalari yordam beradi.

Unutmang, dastlab soch yaxshi parvarish qilinsa, yuqoridagi muammolar kelib chiqmaydi. Soch sun’iy usullar bilan turmaklanganda, quritgich, dazmol va shunga o‘xshash vositalardn foydalanilganda ham tez to‘kiladi hamda hajm jihatdan kamayib boraveradi.

Mavzuga doir: Soch to‘kilishining 8 sabab va yechimi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют