» » Saudiya Arabistonida sovet “Volga”lari “qabristoni” topildi (foto)

Saudiya Arabistonida sovet “Volga”lari “qabristoni” topildi (foto)


Makka shahri yaqinida o‘nlab sovet avtomobillar tashlandiq yotgan garaj topildi, deb xabar beradi Carakoom. Avtomobillarning aksariyati — “GAZ-21” sedanlari.

Avtomobillar qanday qilib u yerga borib qolgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Biroq taxminlar mavjud. Barcha avtomobillar bir xil rangga — ko‘kka bo‘yalgan. Bu mashinalar biror bir taksoparkka tegishli bo‘lganligini anglatadi. Xizmatini o‘tab bo‘lgan mashinalar hali bitmagan bino ichiga tashlab ketilgan.

Hozirda tashlandiq yotgan avtomobillar juda achinarli holda saqlanmoqda. Deyarli har bir mashinaning motor bo‘lmalari bo‘sh. Dvigatellar boshqa avtomobillar uchun “donor”ga aylangan ko‘rinadi.

Mavzuga doir: Video: 150 dan ortiq sovet avtomobillari o‘rin olgan tashlandiq kolleksiya

“Volga”dan tashqari bu yerda BMW 1600 sedani va bir nechta “Moskvich”ni ham uchratish mumkin. Orqa planda esa Amerikada 1940—1950-yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar o‘rin olgan.

Mavzuga doir: AQSh o‘rmonlarining birida yarim asrlik Dodge Charger “qabristoni” topildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют