» » Xames Rodriges “Real”dan ketadi. Uning xizmatlariga ikki grand klub da’vogar

Xames Rodriges “Real”dan ketadi. Uning xizmatlariga ikki grand klub da’vogar


“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges uchun yangi da’vogar paydo bo‘ldi.

Le10Sport nashrining xabar berishicha, 29 yoshli kolumbiyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozining xizmatlarini PSJ taklif qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Real” Xamesning transferidan 35 million yevro ishlab olmoqchi, PSJ esa ushbu summaga yaqin bo‘lgan mablag‘ni to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Avvalroq “Manchester Yunayted”ning Xames uchun 25 million yevro to‘lamoqchi bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Xames “Real” safida 2014-yildan (2017—2019-yillarda “Bavariya”da ijarada bo‘ldi) beri to‘p surib keladi. U madridliklar safida Ispaniya chempionati hamda mamlakat Superkubogida, shuningdek, ikki martadan Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib bo‘lgan.

Xames Rodrigesning “Real” safida urgan qoyilmaqom 25 ta goli (video)

Ispaniya La Ligasining 2019/20-yilgi mavsumda Xames Rodriges 7 o‘yinda maydonga tushib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Real” bilan shartnomasi 2021-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют