» » “Borussiya D” Jeydon Sancho borasida 100 million yevrolik taklif oldi

“Borussiya D” Jeydon Sancho borasida 100 million yevrolik taklif oldi


“Manchester Yunayted” Dortmundning “Borussiya” bilan yarim himoyachi Jeydon Sancho transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Jurnalist Tankredi Palmerining xabariga ko‘ra, manchesterliklar 20 yoshli futbolchi uchun Dortmund klubiga 100 million yevro to‘lamoqchi.

Avvalroq “Borussiya” klublarning moliyaviy imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan koronavirus pandemiyasiga qaramay, Sancho uchun 120 million yevro olishni istayotgani haqida xabar berilgandi.

Ta’kidlanishicha, “Manchester Yunayted” birdaniga bunday summani to‘lashga tayyor emas va to‘lovni 3 yilga bo‘lib to‘lashni taklif qilgan.

Shuningdek, “qizil iblislar” futbolchining o‘zini besh yillik shartnoma imzolashga ko‘ndirgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sancho 2017-yildan beri “Borussiya D” sharafini himoya qilib keladi. U dortmundliklar safida 99 uchrashuvda 34 ta gol va 43 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Angliya terma jamoasi safida esa Jeydon 11 uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Jeydon Sanchoning “Borussiya D” safidagi top-20 goli va assistlari (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют