» » O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va davlat yordamini olishda 1-yanvardan boshlab talab qilinmaydigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va davlat yordamini olishda 1-yanvardan boshlab talab qilinmaydigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unda 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etishda fuqarolardan talab etilishi yo‘l qo‘yilmaydigan hujjatlar va ma’lumotlar ro‘yxati e’lon qilindi. “Kun.uz” Moliya vazirligi axborot xizmatiga tayanib ushbu ro‘yxatga kiritilgan 11 turdagi ma’lumotnomalarni sanab o‘tdi.

1. Doimiy yashash uchun ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma.

2. Oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bolalar soni va ularning yoshi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, turmush qurganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ajrashganlik to‘g‘risidagi guvohnoma.

3. Avtotransport vositasi mavjudligi va uning texnik holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

4. Oilaning (oila a’zolarning) rasmiy daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

5. Ko‘chmas mulkning mavjudligi, ko‘chmas mulk hajmi, foydalanuvda bo‘lgan yerning boniteti to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

6. Ish qidiruvchi, ishsiz, jamoat ishlari bilan bandlik maqomi berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

7. Pensiya va nafaqa ko‘rinishidagi daromadlari, 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

8. Mehnat faoliyati bilan vaqtincha shug‘ullanish imkoniyatini bermaydigan kasallikning mavjudligi, nogironlik guruhining mavjudligi, doimiy parvarishga muhtoj oila a’zosining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

9. Bank plastik kartasining mavjudligi, to‘lovlar va vedomostlarni yuborish, to‘langan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotlar, oila a’zolariga kelib tushgan pul o‘tkazmalari, bank plastik kartasi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

10. Oila a’zolarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari, dividendlar olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

11. Talabalar safida mavjudligi, stipendiya miqdori, o‘qish shakli (kunduzgi, sirtqi), o‘qish turi (davlat granti, to‘lov kontrakt) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

“Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 1-sentabrdan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari Sirdaryo viloyati tajribasida qo‘llangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi vositasida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma Yagona portal orqali taqdim etilishi va u o‘n ikki oy davomida amal qilishi, bir oy muddatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют