» » Faoliyati davomida 800 mln dollar ishlab topgan Bollivud qiroli Shohruh Xon haqida qiziqarli faktlar

Faoliyati davomida 800 mln dollar ishlab topgan Bollivud qiroli Shohruh Xon haqida qiziqarli faktlar


Faqatgina vatanida suratga olingan filmlarda rol ijro etsa-da, sayyoradagi eng yuqori maosh oluvchi aktyor bo‘lishida to‘sqinlikka uchramagan Shohrux Xon nomi Bollivud chegaralaridan oshib o‘tdi.

Filmlardagi betakror obrazlari bilan millionlab qalblarni zabt etgan hind aktyori Shohrux Xon Hindistonda tug‘ilgan, biroq asli kelib chiqishi eronlik. Bo‘lajak aktyorning ota-onasi advokat bo‘lgani hamda yaxshi pul topgani Xonga hayotida katta yordam berdi. Xon bolaligidanoq maktab teatr sahnasida o‘ynay boshladi. Shuningdek, u yugurishni juda yaxshi ko‘rar va hatto shahar musobaqalarida ham g‘olib bo‘lgan. Maktabni tugatish arafasida Xonning oldida ikki yo‘l turardi: sport yoki san’at? U sportni tanladi. Ammo oxirgi tibbiy ko‘rik natijasi unga yurak kasalligi tashxisini qo‘ydi. Shundan keyin Xon aktyor bo‘lishga qaror qiladi. Lekin o‘sha paytda otasining vafoti va onasining qistovi bilan birinchi iqtisodchi ma’lumotini olishga kirishdi. Institutda o‘qish mobaynida ham teatrda o‘ynashni davom ettirdi. U allaqachon professional aktyor bo‘lishni xohlayotganiga qat’iy ishongan edi.

Xonning kinodagi faoliyati salbiy rollardan boshlangan. U salbiy rollarni juda ishonarli tarzda ijro etgan, hatto ushbu obrazlari uchun bir nechta professional mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan. Rejissorlarning unga bergan ijobiy bahosi aktyorning iste’dodini yanada yuzaga chiqardi. Xon boshqa aktyorlardan ajralib, Bollivudning asosiy yulduziga aylandi.

Shohrux Xon filmografiyasida eng muvaffaqiyatli film bu –  “Mening ismim – Xon” hisoblanadi. Ushbu kartina aktyorga olamshumul mashhurlikni olib keldi.

Aktyor kinodagi gonoraridan tashqari, reklamalardan ham anchagina daromad oladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning umumiy boyligi 800 million dollardan oshib ketgan. Bunday boylikka ega aktyor ko‘plab xayriya ishlaridagi faol tashabbusi bilan muxlislari qalbidan yanada chuqur joy egallagan.

Ularning sevgi tarixi ko‘p sonli hind fimlariga o‘xshash — qizning ota-onasi Shohruhga yomon munosabatda bo‘lgan hamda yoshlar 7 yil ularning roziligini ololmagan.

Hozirda Shohrux Xon ko‘plab muxlislari xohlaganidek tez-tez filmlarda suratga tushmayapti, u xayriya ishlari va boshqa loyihalarda band. Bir yilda uning ishtirokida faqat bir yo ikkita film chiqadi va bu Bollivud dunyosida muhim voqelik bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют