» » Sergelidagi Yangi hayot kichik tumani maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengayadi

Sergelidagi Yangi hayot kichik tumani maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengayadi


Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

“Poytaxtimiz aholisi izchil o‘sib, shahar infratuzilmasi rivojlanib bormoqda. Ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, yangi mavzelar paydo bo‘lmoqda. Masalan, birgina Sergeli tumanida oxirgi 3 yilda 460 ta ko‘p qavatli uy-joy foydalanishga topshirildi. Shu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshdi. Bular boshqaruvni takomillashtirishni, aholiga qulayliklar yaratishni taqozo etadi”, — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari 2020-yil 29-may kuni Toshkent shahrida Yangihayot tumanini tashkil etish masalasiga to‘xtalib o‘tgan edi. Shunga muvofiq, ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanidan 1752 gektar, Bektemirdan 267 gektar, Zangiotadan qariyb 328, Quyi Chirchiqdan salkam 129, Yangiyo‘ldan 263, O‘rta Chirchiqdan 1346 gektar ajratib, Yangihayot tumanini jami 4085 gektarda tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.

Yangi hayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Toshkent shahri tumanlari chegarasining o‘zgarishi to‘g‘risida ham taqdimot qilingan. Shuningdek, Yangi hayot tumanida loyihalashtirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tumanning ma’muriy markazini tashkil etishga oid takliflar ko‘rib chiqilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev takliflarni ma’qullab, Toshkent shahrining bosh rejasini qayta ko‘rib chiqish, shaharga qo‘shimcha berilayotgan yer maydonlariga uylar, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini oqilona joylashtirish, eng asosiysi, aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Toshkentdagi Yangi hayot kichik tumani hokimligiga Hayot Inog‘omov nomzodi taklif qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют