» » “Manchester Yunayted” italiyalik hujumchi uchun 55 million yevro sarflamoqchi. Unga “Yuventus” va “Inter” ham da’vogar

“Manchester Yunayted” italiyalik hujumchi uchun 55 million yevro sarflamoqchi. Unga “Yuventus” va “Inter” ham da’vogar


“Manchester Yunayted” Italiyaning “Fiorentina” klubi hujumchisi Federiko Kyezani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda La Nazione xabar tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, “qizil iblislar” 22 yoshli italiyalik futbolchining transferi uchun 55 million sarflamoqchi.

Qayd etish joiz, so‘nggi oylarda italyan nashrlarida Kyeza uchun “Yuventus” va “Inter”ning jiddiy qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Biroq ilk rasmiy taklif ingliz klubi tomonidan bo‘lgani aytilmoqda.

Federiko Kyeza “Fiorentina” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U A Seriyadagi debyutini 2016-yilda o‘tkazgan. Yakuniga yetgan Italiya chempionatida (2019/20-yilgi mavsumi) hujumchi 34 o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 10 gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют